Orqaga
Glossariyga qaytish

Panislomizm

Panislomizm (ot) — XIX asrning oxirida Oʻrta Sharqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqim. Asoschisi Jamoliddin al-Afgʻoniy (1839–1897). Panislomizm tarafdorlari musulmonlar birligi va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi gʻoyasini ilgari surgan. Panislomizm tarafdorlari mustamlakachilarga qarshi faol targʻibot olib borgan, maxfiy tashkilotlar tuzgan, roʻznomalar nashr qilgan. Ayni vaqtda panislomchilar diniy islohchilik mavqeyida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga ham intilgan.