Orqaga
Glossariyga qaytish

Paleolit

Paleolit (ot) — (yunoncha ʻʻpaleosʼʼ — qadimgi, ʻʻlitosʼʼ — tosh) qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr boʻlib 2,5-mln. yildan 12-ming yillikkacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Paleolit davri oʻz navbatida ilk paleolit (2,5-mln.–100 minginchi yilliklar), oʻrta paleolit (100–40-ming yilliklar) va soʻnggi (yuqori) paleolit (40–12-ming yilliklar) bosqichlariga boʻlinadi.

Paleolit davri, shuningdek, shel, ashel, muste, orinyak, solyutre va madlen kabi arxeologik bosqichlarga ham boʻlinadi. Shel paleolit davrining ilk bosqichi boʻlib, bu davrda pitekantrop odam turi yashagan. Ashel — paleolit davrining ikkinchi bosqichi boʻlib, bu davrda, asosan, sinantrop odamlari yashagan. Ashel davrining oxiriga kelib, yerda iqlim soviy boshlagan va muzlik davri boshlangan.

Muste (ot) — paleolit davrining oʻrta bosqichi. 100–40-ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Bu davrda yer iqlimi ancha sovuq boʻlib, neandertal turidagi odamlar keng tarqalgan. Orinyak, Madlen, Solyutre so’nggi paleolit davri madaniyati bosqichlari hisoblanadi.