Orqaga
Glossariyga qaytish

O’zbekiston SSR

Oʻzbekiston SSR — 1924-1925-yillarda Moskva koʻrsatmasi bilan oʻtkazilgan maʼmuriy-hududiy davlat chegaralanishi oqibatida 1925-yil 13-fevralda Buxoroda Umumoʻzbek sovetlarining I quriltoyida tashkil etilgan Respublika. 1927, 1937 va 1978-yillarda qabul qilingan OʻzSSR Konstitutsiyalarida Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi, oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqlari yozib qoʻyilgan boʻlsada, Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayoti toʻliq “Markaz” va Kompartiya nazoratiga olindi. Shuning uchun ham OʻzSSR mavjud boʻlgan 1925–1991-yillar tarixshunoslikda qaramlik yillari deb yuritiladi.