Glossariyga qaytish
Otaliq
Otaliq (ot) — otasining oʻrnini bosish mazmunini beruvchi mansab. Dastlab saljuqiylar sulolasi davrida (1038–1194) hukmdor eʼtiborini qozongan kishilarga berilgan. Otaliqning vazifasi shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balogʻatga yetguniga qadar boshqarishdan iborat boʻlgan. Tarixda baʼzi otaliqlar hokimiyatni oʻzqoʻllariga olgan hollar ham boʻlgan. Chunonchi, ashtarxoniylar sulolasi davrida (1601–1753) Balxda Mahmudbiy otaliq(XVIII asr boshlarida), mangʻitlar sulolasi hukmronligi davrida (1753–1920) Buxoroda Muhammad Rahim otaliq (1753–1758) mana shunday yoʻl bilan hokimiyatni egallagan edi.