Glossariyga qaytish
Osipov isyoni
Osipov isyoni — 1919-yil 19–21-yanvar kunlari TASR Harbiy ishlar xalq komissari K. P. Osipov boshchiligida bolsheviklar diktaturasiga qarshi koʻtarilgan isyon. Isyon natijasida Turkistondagi 14 nafar koʻzga koʻringan bolshevik rahbarlari otib tashlanadi. Eʼtiborli tomoni shundaki, mazkur kishilar orasida mahalliy aholiga mansub bitta ham bolshevik yoʻq edi. Biroq sovet davrida bu kishilar Oʻzbekistonda “turkistonlik oʻn toʻrt komissar” sifatida ulugʻlanib, ularga Toshkent shahri markazida haykal oʻrnatildi. Osipov isyoni tez orada bolsheviklar va qizil armiya tomonidan bostirildi. Osipov avval Fargʻona vodiysi va Buxoro amirligiga yoʻl oldi. Soʻngra Afgʻoniston orqali Hindistonga chiqib ketadi.