Oromiy yozuvi
Oromiy yozuvi (ot) — oromiylar miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri–I ming yillikning boshlarida Gʻarbiy Osiyoda (Suriya, Falastin, Mesopotamiyaning shimoli-gʻarbida) yashagan xalqlar boʻlib, ular finikiy alifbosi asosida oʻz alifbolarini yaratgan. Harfli yozuv oʻzlashtirilishi oson boʻlgani sababli bu yozuv boshqa hududlarga ham tarqala boshlangan. Ana shu oromiy yozuvi asosida Sharq xalqlari alifbosi shakllangan. Oromiy yozuvlaridan qadimgi fors yozuvi, undan esa qadimgi Baqtriya, Xorazm va Sugʻd yozuvlari kelib chiqqan. Oromiy yozuvi va unga asoslangan boshqa yozuvlar alfaviti 22 ta undosh harf-belgi asosida qurilgan. Sugʻd yozuvi asosida qadimgi turk yozuvi paydo boʻlgan. Undan uygʻur, moʻgʻul va manchjur yozuvlari “oʻsib chiqqan”. Uygʻur yozuvidan boshlab esa soʻz tuzilishida unli harflarni ifodalash ham boshlangan. Bu tajribadan moʻgʻul va manjurlar foydalanib, oʻz yozuviga unli tovushlarni kiritgan.