Orqaga
Glossariyga qaytish

Oppozitsiya

Oppozitsiya (lotincha “oppositio” — qarshisiga qoʻyish, taqqoslab koʻrish) — nimagadir yoki kimgadir qarshi harakat. Siyosatda: 1) oʻz siyosatini boshqa, odatda, rasmiy siyosatga qarshi qoʻyish; 2) qonun chiqaruvchi, mafkuraviy yoki boshqa tizimlardagi hukmron yoki koʻpchilik tan olgan fikrga qarshi chiqish. Oppozitsiyaning quyidagi turlari mavjud: moʻtadil, radikal, loyal (kelishuv va hokimiyatni qoʻllab-quvvatlashga tayyor), konstruktiv (sermazmun, ishbilarmon takliflarni ifodalovchi), destruktiv (qoʻporuvchi).