Orqaga
Glossariyga qaytish

Ombudsman

Ombudsman — inson huquqlarining amal qilishini nazorat qiluvchi muassasalarning xalqaro yuridik atamashunoslikdagi nomi. Bu shvedcha soʻz boʻlib, kimningdir manfaatini ifodalovchi, degan maʼnoni anglatadi. Ombudsman ayrim mamlakatlarda saylanadigan, ayrim mamlakatlarda tayinlanadigan shaxs boʻlib, u inson huquqlariga amal qilishni nazorat qiladi. Agar prokuratura organlari inson huquqlariga amal qilishni faqat qonun asosida nazorat qilsa, Ombudsmanlar bu masalani maqsadga muvofiqlik, vijdonlilik, adolat nuqtai nazaridan nazorat qiladi. Aksariyat mamlakatlarda ombudsmanlarga har qanday fuqarolar bevosita murojaat qilishi mumkin. Ular huquq va erkinliklar buzilishini aniqlasa, tegishli idoralarga huquq va erkinlikni tiklash haqida taklif kiritadi. Ombudsmanlarning taklif vatavsiyalari tegishli organlar tomonidan bajarilmasa yoki rad etilsa, ular sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman instituti ilk bor 1809-yilda Shvetsiyada joriy qilingan boʻlib, Oʻzbekistonda Ombudsman (OliyMajlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili) 1995-yil 24-fevralda tashkil etildi. “Inson huquqlari boʻyicha Oliy Majlisvakili — Ombudsman toʻgʻrisida” gi qonun esa 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan.