Orqaga
Glossariyga qaytish

Oltin Oʻrda

Oltin Oʻrda (ot) — tarixiy manbalarda Joʻji ulusi. XIII asrning 40-yillarida Joʻjining oʻgʻli Botuxon (1208–1255) tomonidan bosib olingan Sharqiy Yevropa Joʻji ulusiga qoʻshilgach, tashkil topgan davlat Oltin Oʻrda deb atalgan. Oltin Oʻrdaning poytaxti dastlab Astraxan yaqinidagi Saroy Botu, keyinchalik esa Volga boʻyidagi Saroy Berka shaharlari boʻlgan. Oltin Oʻrda xonlari quyi Dunay va Fin qoʻltigʻidan Irtish havzasi va Obgacha, Qora, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Balxash koʻlidan Novgorod yerlarigacha boʻlgan hududlarda hukmronlik qilgan. XV asrning 20-yillarida Oltin Oʻrdadan Sibir xonligi, Qozon xonligi (1438), Qrim xonligi (1443), Noʻgʻoy xonligi (1440), Astraxan xonliklari va Rus yerlari (1480) ajralib chiqqan.