Orqaga
Glossariyga qaytish

Oks

Oks (ot) — Amudaryoning qadimgi nomi. Dastlab Makedoniyalik Iskandarning mil. avv. 330–327-yillarda Oʻrta Osiyoga yurishlarini yoritgan yunon-rim tarixchilari asarlarida tilga olinadi. Yozma manbalarda ilk oʻrta asrlarga kelib Oks nomi deyarli uchramaydi. Soʻzning etimologiyasiga kelganda, Mahmud Qoshgʻariy “Oʻkuz” — turkiycha “katta daryo” degan maʼnoni beradi deb yozadi. Qadimgi yunon-rim tarixchilari Amudaryoning ushbu turkiycha nomini buzib “Oks” (Oksus) deb atagan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi.