Orqaga
Glossariyga qaytish

Oʻzbekiston SSR

Oʻzbekiston SSR 1924–1925-yillarda Moskva koʻrsatmasi bilan oʻtkazilgan maʼmuriy-hududiy davlat chegaralanishi oqibatida 1925-yil 13-fevralda Buxoroda Umumoʻzbek sovetlarining I qurultoyida tashkil etilgan Respublika, 1927, 1937 va 1978-yillarda qabul qilingan OʻzSSR Konstitutsiyalarida Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi, oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqlari yozib qoʻyilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayoti toʻliq “Markaz” va Kompartiya nazoratiga olindi. Shuning uchun ham OʻzSSR mavjud boʻlgan 1925–1991-yillar tarixshunoslikda qaramlik yillari deb yuritiladi.