Glossariyga qaytish
Nishopur
Nishopur (ot) — Mashhaddan gʻarbda, shimoli-sharqiy Eronning yirik shaharlaridan biri. Tohiriylar davlatining (821–873) poytaxti, IX–XIII asrning birinchi choragida Xurosonning markaziy shahri. Uch marta 1153-yili koʻchmanchi oʻgʻuzlar, 1221-yili moʻgʻullar talafoti va 1250-yilgi qattiq zilzila oqibatida tamoman vayron boʻlgan. Yangi Nishopur eski Nishopurning gʻarbiy tarafida barpo qilingan.