Glossariyga qaytish
Neolit
Neolit (ot) (yunoncha ʻʻneoʼʼ yangi, ʻʻlitosʼʼ — tosh) — yangi tosh davri. 6–4-ming yilliklarni oʻz ichiga oladi. Neolit davriga kelib insoniyat dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, toʻqimachilik va boshqa hunarmandchilik sohalarini oʻrgandi. Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi xoʻjalik tarixi boshlandi. Bu davrda Oʻrta Osiyoning janubiy mintaqalarida ilk dehqonchilik madaniyati (Joytun madaniyati), shimoliy mintaqalarida esa ovchi baliqchilar madaniyati (Kaltaminor) shakllandi.