Orqaga
Glossariyga qaytish

Muxtasib

Muhtasib (ot) — musulmon mamlakatlaridagi amaldor. Koʻpincha sayyidlardan tayinlangan. U aholining urf-odatlarga amal qilishi hamda bozorlardagi narx-navo va oʻlchov asboblarining toʻgʻriligi ustidan nazorat olib borgan. Ayni paytda muhtasib amaldorlar va hatto din peshvolari orasida axloqiy qoidalarga qanchalik munosabatda boʻlinayotgani masalasi bilan ham shugʻullangan. Buxoro amirligida muhtasib rais deb ham yuritilgan.