Orqaga
Glossariyga qaytish

Mustaqillik deklaratsiyasi

Mustaqillik deklaratsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri. “Mustaqillik deklaratsiyasi” 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan boʻlib, 12 banddan iborat. Ushbu tarixiy hujjatda oʻzbek xalqining davlat qurilishi tarixi, tajribasi, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi asosida davlat mustaqilligi ilk bor eʼlon qilingan edi.