Glossariyga qaytish
Muqanna
Muqanna (arabcha “niqobdor” ) — arab istilochilariga qarshi qo‘zg‘olon (769–783-yillar) rahbari Hoshim ibn Hakimning laqabi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hoshim ibn Hakim hokimiyat uchun kurash jarayonida zindonga tashlanadi. Zindonda u kasallikka chalinib, yuziga chechak toshadi va yuzi xunuk bo‘lib qoladi. Yuzini xalqdan yashirish maqsadida oq niqob taqib olgan, shuning uchun Muqanna laqabini olgan. Uni “Hoshim ul-avar” — bir ko‘zli Hoshim deb ham atashgan.