Glossariyga qaytish
Muftiy
Muftiy (ot) — musulmon dunyosida oliy martabali ruhoniy. Muftiy diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin etish, shariatni tatbiq etish masalalarida hal qiluvchi huquqqa ega boʻlgan. Muftiy qozikalon murakkab deb hisoblovchi turli diniy va huquqiy masalalar boʻyicha shariatga asoslanib, fatvo (qaror) chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilardi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqargan. Sharqning musulmon mamlakatlarida muftiylik hukumat tayinlaydigan rasmiy lavozim hisoblanadi.