Orqaga
Glossariyga qaytish

Muʻtaziliylar

Muʼtaziliylar (arabcha — ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) — ilk islomdagi ilohiyot oqimlaridan birining tarafdorlari. Bu oqim VIII asr oʻrtasida arab xalifaligida paydo boʻlgan. Asoschisi Vosil ibn Ato (699–748). Abbosiy xalifalardan Maʼmun (813–833), Mutaʼsim (833–842) va Vosiq (842–847) hukmronligi davrida muʼtaziliylar taʼlimoti xalifalikda rasmiy eʼtiqod sifatida tanilgan. Mutavakkil (847–861) davrida esa bu taʼlimot taqiqlangan va qattiq taʼqibostiga olingan. Muʼtaziliylar antik falsafa va mantiqning usul hamda tushunchalarini ilohiyotga tatbiq etib, tasavvufini inkor etishga uringan. Ular Qurʼon va sunna taʼlimotini aql-idrokka mos talqin etishni ilohiyot asoslaridan biri deb eʼtirofetgan, islomga ratsionalistik elementlarni kiritishga uringan. Muʼtaziliylarning taʼlimoti va bir qancha diniy-falsafiy yoʻnalishlari keyinchalik paydo boʻlgan kalom ilmi — ashʼariya va moturudiyaning yutugʻi boʻlib qoldi. Bu oqim doimiy ravishda taʼqib qilingani tufayli Iroq va Eronda XI–XII asrlarda, Movarounnahrda XIII–XIV asrlarga kelib yoʻqolib ketgan. Uning oxirgi vakillaridan biri Zamaxshariy edi. Lekin u ham umrining oxirida muʼtaziliylar safidan chiqqanini eʼlon qilgan.