Glossariyga qaytish
Molikiya
Molikiya (ot) — Molik ibn Anas (721–795) tomonidan asos solingan sunniylikdagi huquq mazhablaridan biri. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalarida ratsionalistik usulga, yaʼni Qurʼon va hadislarni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. U dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirda Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim Afrika mamlakatlarida tarafdorlari bor.