Glossariyga qaytish
Mol
Mol (ot) — temuriylar davrida va keyinchalik oʻzbek xonliklari davrida dehqonlardan olinadigan yer soligʻi, xiroj. XVI–XVIII asr yozma manbalarida bu soliq turi “moli jihot” yoki “mol va jihot” deb ham yuritilib, asosan mahsulot tarzida hosilning 1/3 qismi hajmida toʻlangan. Ammo baʼzi bir paytlar vaziyatga qarab hosilning 1/4, 1/5, 1/2 miqdorida ham undirilgan.