Glossariyga qaytish
Mirshab
Mirshab (ot) — Oʻrta Osiyo xonliklari shaharlarida jamoat tartibini saqlovchi lavozim boʻlib, odatda shaharning kechki xoʻjayini mirshab deb ham yuritilgan. Mirshab oʻz ishiga asosan kechqurun soat 6 dan keyin kirishgan. Chunki bu davrda barcha shahar bozorlari yopilib, bir soatdan soʻng shahar darvozalari berkitilgan. Tungi tartib-qoidani buzgan fuqarolar mirshabxonaga keltirib, jazolangan.