Orqaga
Glossariyga qaytish

Mingboshi

Mingboshi (ot) — harbiy va maʼmuriy unvon. Qoʻqon xonligida xondan keyingi oʻrinda turuvchi mansab. Asosan harbiy ishlar bilan shugʻullangan va u Qoʻqon armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. Xiva xonligida mingboshilik eng kichik amal hisoblangan. Oʻrta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar Toshkent, Oqmasjid kabi shaharlarninghokimlari mingboshi deb atalgan. Rossiya imperiyasi hukmronligi yillarida Toshkent dahalarining boshliqlari ham mingboshi deb yuritilgan.