Milliy valyuta
Milliy Valyuta — mamlakatimiz hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini oʻtovchiva qonuniy himoyalangan yagona toʻlov vositasi. 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston hududida yagona toʻlov vositasi sifatida “soʻm” muomalaga kiritildi. Oʻzbekistonning oʻz milliy valyutasiga ega boʻlishi va “soʻm” tizimi iqtisodiyotning barcha sohalariga kiritilishi mustaqilligimizning muhim koʻrsatkichlaridan biri boʻldi. Har qanday milliy valyutada kuzatiladigan inflyatsiya bizning valyutamizda ham boʻlsa-da, bu iqtisodiy meʼyorlar darajasida boʻlib, hatto bu jahonning koʻpchilik mamlakatlarida kuzatiladigan inflyatsiya darajasidan ancha kam hisoblanadi. Bu esa Oʻzbekiston hukumati iqtisodiy islohotlari samaradorligining muhim koʻrsatkichidir.