Orqaga
Glossariyga qaytish

Mezolit

Mezolit (ot) — (yunoncha “mezo” — oʻrta, “litos” — tosh) oʻrta tosh davri. Muzliklarning chekinishidan mezolit davri boshlanib, u 12–7-ming yilliklarni oʻz ichiga oladi. Mezolit davriga kelib yerda iqlim isiy boshlagan. Bu davr yodgorliklari Respublikamizda yuzdan ortiq boʻlib, ulardan eng yaxshi oʻrganilganlari Obishir (Fargʻona). Qoʻshilish (Toshkent viloyati), Machay va Zarautsoy (Surxondaryo) yodgorliklaridir.