Orqaga
Glossariyga qaytish

Mentalitet

Mentalitet (ot) (lotincha “mens” — aql, fahm, zehn, idrok) — jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, maʼnaviy salohiyati, ularning hayot qonunini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning oʻziga xos anʼanalari, rasm-rusum va diniy eʼtiqodlarini ham qamrab oladi. Oʻzbek xalqi mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli 3,5 ming yillik tarixga ega. Shu davr mobaynida oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitdi.