Orqaga
Glossariyga qaytish

Maymurg’

Maymurgʻ (ot) — ilk oʻrta asrlarda Sugʻdning uncha katta boʻlmagan hududi. Xitoy manbalarida uning ma’muriy markazi — Boshda shahri Samarqanddan janubi-sharq tomonda joylashgan deyiladi. Bu hozirgi Kuldortepa yodgorligi oʻrniga toʻgʻri keladi. Zarafshon daryosi yuqori oqimida joylashgan Varagsar toʻgʻoni Samarqand vohasining bosh suv inshooti sifatida Maymurgʻning alohida mavqeyini belgilab bergan.