Massagetlar
Massagetlar — Oʻrta Osiyoning togʻlik, choʻl va sahro yerlarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalar. Massagetlar, tadqiqotchilarning fikriga koʻra, aynan sak qabilalarining yirik harbiy-siyosiy uyushmasidir. Olimlar massaget soʻzini ikki xil — “ulugʻ getlar” (O. Franke) yoki “yirik sak oʻrdasi” deb tarjima qiladi. Shuni taʼkidlash joizki, “massaget” soʻzining aniq etimologiyasi (kelib chiqishi) masalasi toʻliq oʻz yechimini topmagan. Massagetlar asosan Amudaryo va Sirdaryo orasidagi sahrolarda yashagan. Miloddan avvalgi VI asrda ular yirik harbiy qabila ittifoqiga birlashgan. Ahamoniylar podshosi Kir II miloddan avvalgi 530-yilda massagetlar yurtiga yurish qilganda oʻz ajalini topgandi (Toʻmaris jasorati).