Mangʻitlar sulolasi
Mangʻitlar sulolasi (ot) — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasidan keyingi uchinchi sulola. Ashtarxoniylar sulolasi davridayoq oʻzbek qabilalaridan mangʻitlar va qoʻngʻirotlarning saroydagi nufuzi baland edi. Abulfayzxon davrida (1711–1747) mangʻitlardan boʻlgan Muhammad Hakimbiy barcha shahzodalar otaliqlariningboshligʻi deb tan olinadi. 1740-yilda Nodirshoh boshliq Eron qoʻshinlari Buxoroga bostirib kirganida MuhammadHakimbiy Nodirshoh tomoniga oʻtib ketadi. Eronga taslim boʻlish haqidagi shartnoma imzolangach, MuhammadHakimbiy Buxorodagi eng nufuzli shaxsga aylanib, Qoʻshbegi (bosh vazir) lavozimini egallaydi. Butun hokimiyatamalda uning qoʻlida toʻplandi. 1743-yilda Muhammad Hakimbiy vafot etgach, “qoʻgʻirchoq xon” ga aylanganAbulfayzxon uning oʻgʻli Muhammad Rahimbiyga bosh vazirlik lavozimini berishga majbur boʻladi. MuhammadRaximbiy Buxoro asilzodalari va ruhoniylarining qoʻllab-quvvatlashi bilan 1753-yilda oʻzini Buxoro xoni deb eʼlonqiladi. Biroq mangʻitlar xon nasliga mansub boʻlmagani uchun undan keyingi mangʻit hukmdorlari oʻzini xon deb emas, amir deb atagan. Oxirgi Buxoro amiri Olimxon 1920-yilda bolsheviklar tomonidan uyushtirilgan sunʼiy “inqilob” natijasida taxtdan agʻdarilgan. Mangʻitlar sulolasi vakillari: Muhammad Rahimbiy (1753–1758), Doniyolbiy (1758–1785), Amir Shohmurod (1785–1800), Amir Haydar (1800–1826), Amir Nasrullo (1826–1860), Amir Muzaffar (1860–1885), Amir Abdulahadxon (1885–1910), Amir Olimxon (1910–1920).