Glossariyga qaytish
Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish vakillik organlari
Mahalliy Oʻzini Oʻzi Boshqarish Vakillik Organlari — mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni tashkil etishda saylov orqali shakllantiriladigan organ. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” gi qonunning 9-moddasiga asosan, fuqarolar yigʻini fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishning yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga egadir. Fuqarolar yigʻinida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda shahar, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi.