Glossariyga qaytish
Mahalliy Davlat Hokimiyati Organlari
Mahalliy Davlat Hokimiyati Organlari — viloyat, tuman va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari. Ular davlat va fuqarolarning manfaatini koʻzlab, oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida va 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi qonunda belgilab berilgan.