Madaniyat
Madaniyat (ot)— koʻp qirrali va chuqur mazmunga ega tushuncha boʻlib, u jamiyat taraqqiyoti davomida insonlarning faoliyati tufayli qoʻlga kiritgan barcha moddiy va maʼnaviy yutuqlarining majmuasidir.
Moddiy madaniyat deganda insonlarning faoliyati tufayli yaratilgan ʻʻikkinchi tabiatʼʼ, yaʼni ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklar nazarda tutiladi.
Maʼnaviy madaniyatning qamrovi behad keng boʻlib, u ijtimoiy ongning barcha shakllarini, yaʼni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif taʼlim-tarbiya, maktab, sanʼat, xalq maʼnaviy ijodiyotining barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va maʼnaviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, biri ikkinchisini toʻldiradi.