Orqaga
Glossariyga qaytish

Lutfiy

Lutfiy (1366–1465) — atoqli oʻzbek shoiri, mutafakkiri, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi. Hirotning Dehikanor mavzeyida tugʻilib, shu yerda yashab, ijod etgan. Qurʼoni karim va hadislarni, arab va fors tillarni, adabiyotini chuqur oʻrgangan. Alisher Navoiy va Jomiylar bilan yaqin muloqotda boʻlgan. Oʻz asarlari bilan Xuroson va Movarounnahr adabiy muhitida chuqur iz qoldirgan Lutfiyni Navoiy ʻʻMalik ulkalomʼʼ (Soʻz podshosi) deb atagan edi.

Lutfiy ham oʻzbek, ham fors tilida ijod etgan. U bir qancha dostonlar bitgan boʻlsa ham bizga faqat ʻʻGul va Navroʻzʼʼ dostoni yetib kelgan. Navoiy Lutfiyning masnaviy bilan yozilgan oʻn ming baytdan ortiq ʻʻZafarnomaʼʼ nomli dostoni borligini, lekin u oqqa koʻchirilmay, shuhrat qozonmaganini yozadi. Manbalarda Lutfiy axloq-odobga oid ʻʻMashkun ul-haqoyiqʼʼ nomli asar yozgani ham qayd etiladi.