Konstitutsiya
Konstitutsiya (ot) — davlatning xalq irodasini ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruv shakli asoslarini mustahkamlovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilish tartibi va prinsiplarini belgilovchi asosiy qonun. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda, Oliy Kengashning XII chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilingan boʻlib, unga 2003-yil 24-aprel, 2007-yil 11-aprel, 2008-yil 25-dekabr, 2011-yil 18-aprel, 2011-yil 12- dekabrda qabul qilingan qonunlar asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Konstitutsiyamiz muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Asosiy qonun oldidan muqaddima beriladi, unda qabul qilingan Konstitutsiyaxalq irodasi ifodalanishi natijasi ekanligi, xalqimizning oʻz taqdirini oʻzi belgilashga, birlik va teng huquqlikka intilishibayon etilgan. Birinchi boʻlimda konstitutsiyaviy tizimning asosiy prinsiplari jamlangan. Ikkinchi boʻlimda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi mustahkamlangan. Uchinchi boʻlim fuqarolik jamiyati qurilishining huquqiy asoslarini oʻzida aks ettiradi. Toʻrtinchi boʻlim davlat va maʼmuriy hududiy tuzilishga bagʻishlangan. Beshinchi boʻlim hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida qurilgan davlat hokimiyatining yangi tizimini mustahkamlaydi, oliy va mahalliy davlat hokimiyati idoralari tuzilishini ochib beradi. Oltinchi boʻlim Konstitutsiyaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartibini oʻz ichiga oladi.