Konsentratsion lagerlar
Konsentratsion lagerlar — aholini yoki harbiy asirlarni sudsiz-soʻroqsiz ommaviy ravishda qamash joylari. Oddiy qamoq joylaridan farqli oʻlaroq, konsentratsion lagerlar urush davrida, mustabid terror yoki kolonial tizim hollarida tuziladi. Konsentratsion lagerlarga qamash jinoiy jazo mazmuniga ega emas va aybdorni qayta tarbiyalash maqsadini koʻzlamaydi. Dastlabki konsenratsion lagerlar 1895-yilda ispanlar tomonidan Kubada mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshlangan paytda vujudga keltirilgan edi. Rossiyada konsentratsion lagerlar 1918-yil sentyabrida RSFSR XKSning “qizil terror toʻgʻrisida”gi qarori bilan vujudga keltirilgan edi. Keyinchalik ular maxsus lagerlar. 30, 40, 50-yillardagi qatagʻon davrida esa GULAG deb nom olib juda keng tarqaldi. Konsentratsion lagerlarda saqlashning asosiy maqsadi siyosiy gʻanimlarni ommaviy ravishda yoʻq qilish hisoblangan.