Orqaga
Glossariyga qaytish

Ko‘hna Urganch

Koʻhna Urganch (ot) — X–XIII asrlarda Xorazmshohlar davlatining poytaxt shahri. 1221-yilda shaharni Chingizxon qoʻshinlari vayron etadi. XVI asr oxirida Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgach, Abulgʻozixon (1643–1663) Yangi Urganch shahriga asos soladi. Shundan keyin qadimgi shaharning nomi Koʻhna Urganch boʻlib qolgan. U hozir Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida joylashgan. XII–XIV asrning yodgorliklari Faxriddin Roziy, Sulton Takash, Najmiddin Kubro maqbaralari, jome masjidi, 62 metrlik Qutlugʻ Temur minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari hozirgacha saqlangan.