Glossariyga qaytish
Koʻragon
Koʻragon (ot) — moʻgʻulchadan kuyov. Chingizxon xonadoniga mansub malikalarga uylangan shaxslarga beriladigan unvon. Amir Temur va temuriylar davrida bu unvon kishi ismiga qoʻshib aytilgan. Koʻragon unvoniga ega amirlarning boshqa amirlarga qaraganda imtiyozlari katta boʻlgan.