Orqaga
Glossariyga qaytish

Koʻktepa qirgʻIni

Koʻktepa qirgʻini (ot) — Rossiya imperiyasining erksevar turkmanlar yerini bosib olish jarayonida roʻy bergan eng yirik janglardan biri. 1879-yilda general Lazarev qoʻmondonligidagi qismlar Koʻktepaga hujum qilib, qaqshatqich magʻlubiyatga uchraydi. Bosqinchilarning yangi kuchlariga 1877–1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida “Milliy qahramon”, “Bolgariya xaloskori” deb ulugʻlangan general-leytenant M. D. Skobelev boshliq qilib tayinlanadi. Skobelev qoʻshini bilan turkmanlar oʻrtasida 1881-yil yanvar oyida hal qiluvchi jang boshlandi. Ruslar hech qachon Koʻktepa ostonasidek keskin qarshilikka duch kelmagan edi. Buni voqealarning guvohlari hamda muarrixlar tan oladi. Turkmanvatanparvarlariga jasur Toʻkma sardor boshchilik qilgan. Akademik V. V. Bartoldning yozishicha, “Yigirma kunlik qamaldan soʻng 1881-yilning 24-yanvarida Koʻktepa qalʼasi shturm bilan ishgʻol qilindi, soʻng talon-toroj qilish uchun askarlar ixtiyoriga toʻrt kun muxlat berildi. Qalʼani zabt etish chogʻida ruslar oʻlgan va yaradorlarni birga hisoblaganda 10 000 dan ortiq odamini yoʻqotdi. Bu ruslarning Oʻrta Osiyo janglaridagi eng katta talafoti edi. Koʻktepa jangida Turkistonda birinchi marta ruslarning bayrogʻi va zambaragi oʻljaga olindi”.