Glossariyga qaytish
Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati
Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati (ot) — Janubi-Gʻarbiy Sibirda Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat. Poytaxti Turashahri boʻlgan. Abulxayrxon juda qisqa vaqt ichida mayda qismlarga boʻlinib ketgan Shaybon ulusining katta qismida oʻz hukmronligini oʻrnatishga erishgan. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, bu davlat parchalanib ketadi. Faqat uning nabirasi Muhammad Shayboniyxon XV asrning 80-yillarida bu davlatni qayta birlashtirishga muvaffaq boʻladi va Temuriylar davlatiga istilochilik yurishlarini boshlab, temuriylardan hokimiyatni tortib olishga muvaffaq boʻladi.