Orqaga
Glossariyga qaytish

Kalom ilmi

Kalom ilmi — eʼtiqod toʻgʻrisidagi bilimlar, yaʼni aqliy dalillar va mantiqiy uslubdan foydalanib, iymon va eʼtiqodga bogʻliq boʻlgan muammolarni izohlovchi fan. Islom dinining gʻoyaviy asoslari boʻlmish, yaratish, qaytadan tiriltirish, Ollohning borligi va iymon chegaralari, jabr-u ixtiyor, xayr-u shaʼr (yaxshilik va yomonlik), tangrining zoti va sifatlari va uning kalomi (Qurʼon) kabi masalalar, kalom ilmining asosiy mazmunini tashkil etadi. Turkistonda Abulhasan al-Ashʼariy mazhabi boʻyicha samarqandlik Abu Mansur Motirudiy va qashqadaryolik An-Nasafiylar kalom ilmining namoyandalari boʻlgan.