Orqaga
Glossariyga qaytish

Joʻybor Shayxlari

Joʻybor shayxlari (ot) — Buxoro yaqinidagi Joʻybor qishlogʻidan chiqqan shayxlar xonadoni. Ular oʻzining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad paygʻambar (s.a.v) avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Joʻjiga ular edi. Asilzodalik va tasavvuf tariqatidagi mavqeyiga koʻra, joʻybor shayxlari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelgan. XVI asrning ikkinchi yarmidan joʻybor shayxlari Buxoro xonligida katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan. Shayx Muhammad Islom (1493–1563), keyinchalik uning oʻgʻli Shayx Abubakir Saʼd Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan.