Orqaga
Glossariyga qaytish

Jete (Jeta)

Jete (Jeta) (ot) — mamlakat nomi. XIV asrning oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi ikki qismga boʻlinib ketganidan keyin Yettisuv va Chu vohalari va Sharqiy Turkistonni oʻz ichiga olgan uning shimoli-sharqiy qismi tarix kitoblarida Moʻgʻuliston yoki Jete nomi bilan atalgan. Movarounnahr chigʻatoylari Sharqiy Turkiston va Yettisuv moʻgʻullarini qaroqchi, qaloq maʼnosida ham jeta deb atagan.