Jamoat birlashmalari
Jamoat birlashmalari (ot) — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan, qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. Jamoat birlashmalari haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-noyabrdagi “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida” gi qonunda rivojlantirilib, uning oʻz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda roʻyobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi.