Orqaga
Glossariyga qaytish

Ishlab chiqaruvchi xo’jalik

Ishlab chiqaruvchi xoʻjalik — insoniyatning tabiatdagi tayyor mahsulotlardan foydalanib qolmasdan, balki xoʻjalik va hayot uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat, xomashyo va mehnat qurollarini bevosita oʻzlari tomonidan yaratishga oʻtilgan xoʻjalik shakli. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi xoʻjalik turlaridir. Insoniyat ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakliga, asosan, mezolit-neolit davridan oʻta boshlagan.