Glossariyga qaytish
Inoq
Inoq (ot) — turkiy soʻz boʻlib, doʻstona, yaqin odam, ishonchli vakil, ishonchli mansab egasi maʼnolarini anglatgan. Odatda inoqlar xonning eng yaqin maslahatchilari boʻlgan. Xiva xonligida inoqlar yirik amaldor, yaʼni qabila boshligʻi hisoblangan. Inoqlar huzurida qushbegi, mehtar va otaliqdan iborat kengash boʻlgan hamda ular amaliy tadbirlar ishlab chiqishda xonga yordam bergan. Buxoro amirligida inoq yuqori 11 toifadagi martabalardan hisoblangan. Inoqning vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat boʻlgan.