Orqaga
Glossariyga qaytish

Imperiya

Imperiya (ot) — qadim va oʻrta asrlarda, shuningdek, XX asr boshlarigacha monarxiya davlatlarining nomi. Imperiyaning boshligʻi imperator hisoblanadi. Tarixda Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) davlati (mil. avv. 334–323), Rim davlati (mil. avv. 14–milodiy 476-yillar), Vizantiya (395–1453), Franklar davlati (800–843), germanlarning Muqaddas Rim imperiyasi (962–1806), Usmoniylar davlati (1299–1923) va Yevropaning qator katta-kichik davlatlari imperiya deb yuritilgan. Rossiyada imperiya Pyotr I davridan (1721-yildan) to monarxiya qulagunigacha (1917-yil oktyabr) mavjud boʻlgan. Imperiya davlati koʻpincha mustamlaka qilingan hududlardan tashkil topadi va yangi yerlarni bosib olish hisobiga kengayib boradi.