Orqaga
Glossariyga qaytish

Imperializm

Imperializm (ot) — kapitalistik mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining bir bosqichi. Yevropaning sanoati rivojlangan ilgʻor industrial mamlakatlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shu bosqichga qadam qoʻygan edi. Kapitalizmning imperializm bosqichi mustamlakachi davlatlar oʻrtasida rivojlangan sanoatni xomashyo bilan taʼminlovchi mustamlaka yerlarini bosib olish uchun kurash avjiga chiqishi bilan xarakterlanadi. 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi ham mustamlakachi davlatlar oʻrtasida boʻlingan dunyoni qaytadan boʻlib olish va yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish maqsadidan kelib chiqqan edi.