Glossariyga qaytish
Huquqiy demokratik davlat
Huquqiy demokratik davlat — jamiyat taraqqiyoti va davlat shakllarining rivojlanishi jarayonida yuzagakelgan, davlatni tashkil qilishning eng muhim mukammal shakli va mazmuni. Huquqiy davlatning belgilariquyidagilardir:
– hokimiyatning barcha organlari faqat xalq irodasini ifodalaydigan qonunga boʻysunadi:
– barcha fuqarolar qonun oldida teng boʻladilar;
– mamlakat qonunchiligida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan boʻladi;
– fuqarolar davlat oldida javobgar boʻlganidek, davlatning ham fuqarolar oldida javobgar boʻlishi taʼminlanadi;
– huquqiy madaniyat yuqori darajada boʻladi.