Glossariyga qaytish
Hududiy qo’shnichilik jamoasi
Hududiy qo’shnichilik jamoasi — xoʻjalikning ilgʻor shakllariga oʻtilishi, ortiqcha mahsulotning paydo boʻlishi va mehnat taqsimotining yuzaga kelishi oqibatida jamiyatda mulkiy tengsizlik paydo boʻlgach urugʻchilik jamoasi oʻrnida vujudga kelgan jamoa. Hududiy qoʻshnichilik jamoasining belgilaridan biri shuki, unda aholi bir necha guruhlarga (zodagonlar, harbiylar, zaroatchilar, chorvadorlar, hunarmandlar) boʻlinib ketadi va oʻzlariga xos hayot tarziga ega boʻladi.