Hokim
Hokim (ot) — mustaqillik yillarida tashkil etilgan yangi lavozim. Oʻzbekistondagi mahalliy maʼmuriyat boshligʻi. Viloyathokimlari va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan OʻzbekistonRespublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashlaritomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidanozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlaritegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashitomonidan tasdiqlanadi. Hokimlar oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiyboʻlgan qarorlar chiqaradi. Hokimlarning vakolat muddati 5 yil.