Glossariyga qaytish
Harbiy Kommunizm
Harbiy Kommunizm — sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitida 1918–1920-yillarda yurgizgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati. Aholining boy qismi mol-mulkini olishni, yalpi mehnat majburiyati joriy etishni, yirik, oʻrta va qisman kichik sanoatni tez surʼatlar bilan davlat ixtiyoriga oʻtkazishni nazarda tutardi. Tijorat taqiqlandi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qoʻyilgan.